​​Sovg‘alar vaqti keldi!

«Aqlvoy o‘zi kim?» tanlovi nihoyasiga yetdi va bizning g‘olibimizni e’lon qilish fursati yetib keldi!

Barcha ishtirokchilarimiz o‘z iste’dodlarini namoyon etdilar va juda rang-barang, yorqin ishlarini bizga yubordilar. Shu sababli, tanlovda ishtirok etgan va tartib raqami olgan barcha 858 ta yosh rassomlarimizga, Aqlvoydan sovg‘alarni taqdim etamiz!

Bizning aktiv va kreativ bolajonlarimiz!

Sizlarga tanlovda ishtirokingiz va ajoyib rasmlaringiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Aqlvoy bilan birga bo‘ling, bizning ijodiy tanlovlarimizda ishtirok eting va bizlarni o‘zlaringizning yorqin va betakror g‘oyalaringiz bilan xursand qiling!