​TOSHKENT SHAHRI, MIROBOD TUMANIDAGI 489-SONLI MTT dagi HOLAT BO‘YICHA BAYONOT.

Maktabgacha ta’lim vazirligiga karantin choralari amalda ekanligiga qaramay ,Toshkent shahri,Mirobod tumanidagi 489-МТТ hududini tartibga keltirish uchun xodimlar jalb etilganligi haqida xabar kelib tushdi.

SHu munosabat bilan MTV majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishiga qarshi ekanligini ma’lum qiladi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi mas’ul davlat organlari bilan hamkorlikda bu holat tafsilotlarini har tomonlama o‘rganib chiqdi.Karantin choralarini buzganlik va xodumlarni ta’qiqlarga qaramay MTT hududiga kiritganligi uchun 489-sonli MTT mudirasiga nisbatab intizomiy jazo chorasi qo‘llanganligi va xayfsan berilganligini ma’lum qilamiz.

Hurmatli MTT xodimlari va ota-onalar!

Mamlakat rahbaruyatining joriy yil 16-martdagi barcha shakldagi MTT lar faoliyatini vaqtincha to‘xtatish haqidagi qaroriga ko‘ra,karantin vaqtida MTT hududida xodimlar,tarbiyalanyvchilar va boshqa shaxslar bo‘lishi qat’iy man etilganligini eslatib o‘tamiz.

Karantin choralari buzilganligi aniqlangan taqdirda, buni amalga oshirgan shaxslarga nisbatan qonuniy jazo choralari ko‘rilishi belgilangan.

Barchangizni o‘zingiz va yaqinlaringiz calomatligini muhofaza qilish, koronovirus infeksuyasi yuqishining oldini olish maqsadida davlat tomonidan belgilangan choralarga qat’iy rioya qilishga chaqiramiz!