Autizm nima ?

Bugungi kunda 67 milliondan ortiq autizmli bolalar yashamoqda, 160 nafar bolalardan biri autizm spektri bilan kasallangan.Autizm sindromli bola har xil rivojlanadi va aloqa muammolari, g’ayrioddiy xatti-harakatlari, cheklangan qiziqishlari bilan ajralib turadi. Albert Eynshteyn, Motsart, Charlz Darvin, Isaak Nyutonda ham Autizm belgilari kuzatilgan. Ota-onalar qanday belgi va alomatlarni kuzatishi mumkin? Erta tashxis qo’yish, samarali terapiya va keng qamrovli tibbiy va psixologik reabilitatsiya yordamida bolalar o’zlarining jamiyatdagi imkoniyatlarini amalga oshira oladi. Ota-onalar va mutaxassislarni 20 iyul, dushanba (rus tilida) va 22 iyul chorshanba (o’zbek tilida) soat 18: 05da «Olaviy» telekanalida yosh bolalardagi autizmning holatiga bag’ishlangan «Salomatlik alifbosi» ko’rsatuvida tomosha qilishga taklif qilamiz.