Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʼrganish maqsadida Maktabgacha taʼlim vaziri Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.

Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina SHin ishchi tashrifi bilan 17-iyun kuni Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida vazir viloyat maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi, viloyatdagi qator davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari holatini o’rgandi, 1- avgustdan faoliyatini tiklayotgan MTT larda ko‘rilayotgan hozirlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Dastlab vazir, Buxoro shahridagi 52- sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurdi. 1982 yilda qurilgan ushbu MTT, 2019 yilda kapital ta’mirdan chiqarilgan bo‘lib, 300 o‘ringa mo‘ljallangan. Ayni kunda bu maskanda 180 bolakay tarbiyalanmoqda. Vazir bu yerda bolalar o‘sib-unishi uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirib, karantindan keyin MTT o‘z faoliyatni tiklashi uchun kerakli topshiriqlarni berdi.

SHu bilan birga vazir shahardagi 350 o‘ringa mo‘ljallangan 51-conli maktabgacha ta’lim tashkilotidaham bo‘ldi. Buxoro shahridagi namunali bog‘cha sifatida e’tirof etilgan bu ta’lim maskanida, ayni kunda 324 nafar bola tarbiyalanmoqda. MTTda 22 nafar pedagog xodim bolalar ta’lim va tarbiyasi bilan shug‘ullanadi.

Vazir Buxoro shahrida joylashgan Pedagogika kollejiga ham bo‘ldi. 2004 yilda kapital ta’mirlangan ushbu kollejda 895 nafar yoshlar 6 yo‘nalish bo‘yichatahsil oladi. Ta’lim dargohida Turkmaniston Respublikasidan kelgan talabalar ham o‘qimoqda.

«Buxoro shahridagi Pedagogika kollejini kapital ta’mirlab, bo‘sh turgan binolarga namuna sifatida davlat – xususiy sherikchiligi asosida maktabgacha ta’lim tashkilotini joylashtiramiz» – dedi Agrippina Shin.

Vazir kollejga chet ellik talabalarni o‘qishga jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar ham beridi.

Shuningdek vazir 27-28 aprel kunlari Turkmaniston hududidan kirib kelgan kuchli shamol oqibatida zarar ko‘rgan Olot va Qorako‘l tumanlaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining holatini ham o‘rgandi.

Olotdagi 1-2 -3- sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlari holatini o‘rganicsh natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish,ularni kapital ta’mirlash borasida mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

Qorako‘l tumanidagi Pedagogika kolleji ham kapital ta’mirlanishiva uning bo‘sh turgan binosidamaktabgacha ta’lim tashkiloti ochish bo‘yicha taklif berildi.

«Qorako‘l tumani matematika bo‘yicha yuqori o‘rinda turadi. Kollejni ta’mirlagandan keyin, ta’lim muassasasida matematika fani bo‘yicha qayta tayyorlov kurslarini tashkil etish kerak»- dedi vazir.

Vazir tashrif buyurgan yana bir obyekt 18- sonli MTT bo‘lib, uni o‘rganish davomida aniqlangan holatlar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish joizki, bugungi kunda viloyatda jami 1041 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, ulardan 409 tasi davlat, 632 tasi esa nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotilaridir.

Viloyat bo‘yicha 3-7 yoshdagi bolalar soni 145 893 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 84711 nafari maktabgacha ta’lim bilab qamrab olingan.

Maktabgacha ta’lim vazirining Buxoro viloyatiga tashrifi davomida viloyatdagi maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni MTT lar bilan qamrab olish, karantindan so‘ng maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatlarini qanday davom ettirishlari bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqildi.

Buxoro viloyati MTB Axborot xizmati.