Ertak terapiyasi boladagi muammolarni bartaraf etish usuli sifatida.

Ertak terapiyasi nima? Ertak terapiyasi bola idroki uchun murakkab narsalarni unga yengil shaklda etkazish,u bilan ertak yordamida ishonchli aloqa o‘rnatish , unga yaqin kishiga aylanish usullaridan biridir.

Farzandlar ota-onalaridan nima yaxshi va nima yomonligini sorab organsa, oilada ota-onaning bola bilan muloqoti yolga qoyilgan bo’lsa, bu nafaqat bolalarning ahloqiy qadriyatlarini shakllantiradi, balki bolaning ota-onasiga bo’lgan ishonchini ham oshiradi.

Ertakterapiya bu ma’lum bir muammoni bola bilan hal qilish usulidir. Uning qayta-qayta o’qib berishni so‘raydigan ertagi bormi? Agar bor bo‘lsa , u bola uchun juda muhim masalalarni yoritgan ertak bo‘ladi.

Qadim zamonlardan beri еrtaklar davolaydi, u odamlarga yashashni o’rgatadi.

Amaliy psixologiyada bu usul tez-tez ishlatiladi va bizning davrimiz uchun ham u o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan.

«Salomatlik alifbosi» ning navbatdagi sonida ushbu usul haqida so‘z boradi. Bizni chorshanba kunlari soat 18.05 da «Oilaviy» telekanalida ko‘ring