Hurmatli ota -onalar va maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari!

Maktabgacha ta’lim vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Koronavirusga qarshi kurash Maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, bolalar sog‘lig‘i, xavfsizligi bo’yicha barcha choralarni ta’minlash va sanitariya- gigiyena qoidalariga rioya etilishi uchun barcha sharoitlarni yaratish maqsadida, “yashil” va “sariq” hududlardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari( MTT) o‘z faoliyatini 2020-yil 1-avgustdan tiklashini ma’lum qiladi.

Ushbu jarayon Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan jadvalga ko‘ra, bosqichma- bosqich amalga oshiriladi.

Davlat MTT larining Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ilgari e’lon qilingan sana 15- iyundan emas, balki 1- avgustdan ochilayotganligiga sabab, MTT faoliyati tiklanganidan so‘ng uning tarbiyalanuvchilari va xodimlari xavfsizligini yuqori darajada ta’minlash uchun qator choralarni ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lib, ularga jumladan quyidagilar kiradi:

-6000 dan ziyod davlat MTT larini kuchdagi “O‘zbekiston Respublikasida MTT lar faoliyatini tashkil etish, ta’minlash va ish tartibi bo‘yicha Sanitariya – gigiyena talablari” SanPiN 0355-18 norma va qoidalariga ko‘ra yuvish, antiseptik va dezinfeksiya vositalari, shuningdek masofadan ishlovchi pirometrlar va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash;

-2020 yil martida MTTlar faoliyati to‘xtatilayotgani bois, oziq-ovqat mahsulotlari buzilib qolishining oldini olish maqsadida barcha omborlar bo‘shatilganligini inobatga olgan holda, oziq-ovqat mahsulotlari etkazib berish;

-o‘quv yili boshlanishiga MTT larda ta’mirlash, ular hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, MTT lar faoliyati to‘xtagan davrda, u erda ishchilar bo‘lmaganligi sababli qoniqarsiz ko‘rinishga kelib qolgan daraxtlarni butash, ekinlarni parvarishlash, o‘yin maydonchalarini tartibga keltirish;

-MTT lar binosi va hududini dezinfeksiya qilish, sanitariya- epidemiologiya osoyishtaligi hududiy Markazlari bilan hamkorlikda ularning tayorgarligini ko‘rikdan o‘tkazish;

-karantin davrida moliyalashtirish to‘xtatilganligini inobatga olgan holda, MTT ochilishiga tayyorgarlik ko‘rish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni jalb etish borasidagi ishlarni rejaviy amalga oshirish;

-MTT larga qaytayotgan xodimlar va tarbiyalanuvchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishi uchun sharoit yaratish;

– “qizil” hududlarda yashovchi tarbiyalanuvchilarning kelishi va xodimlarning ishga jalb etilishi bilan bog‘liq xatarlarni pasaytirish( aholi va MTT xodimlari uchun noqulayliklar minimal darajada bo‘lishi sharti bilan)borasidagi masalalarni hal qilish.

Maktabgacha taʼlim vazirligi avvalo bolalar manfaatlari yoʼlida va ular rivojlanishi uchun bexatar muhit yaratish maqsadida harakat qilishini yana bir bor eslatib oʼtadi.

Аyni damda MTV tomonidan butun Respublika boʼyicha ota-onalar fikri oʼrganilmoqda va shu yoʼl bilan hozirgi epidemiologik holatda bolalarini bogʼchaga yuborishni hohlamayotgan oilalar aniqlanmoqda. Pandemiya sharoitida maʼlum MTT lardagi ota -onalar toʼla tarkibda bolalarini bog’chaga yuborishni istamasalar alohida MTTlarning ushbu ota- onalar aʼzoligidagi Kuzatuv kengashi tomonidan tashkilot faoliyatini tiklashga ehtiyoj yoʼqligi haqida qaror qabul qilinadi.

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan davlat MTTlaridan farqli oʼlaroq, xususiy bogʼchalar faoliyati tiklanishiga joriy yil 15 iyunidan ruxsat berilishi, maʼlum noroziliklarga sabab boʼlganligi hech kimga sir emas. Bunday qaror qabul qilinishida xususiy MTT larda guruhlar soni chegaralanganligi, guruhlardagi tarbiyalanuvchilar soni kam boʼlib, koʼp sonli bolalarning bir yerda toʼplanib qolmasligi, ularda sanitariya-epidemiologik talablar asosida faoliyatni tezkor yoʼlga qoʼya olish imkoniyati kattaligi inobatga olingan.

Shuning bilan birga, ayni vaqtda, Maktabgacha taʼlim va Sogʼliqni saqlash vazirliklari hamkorligi, “ЮНИСЕФ” xalqaro bolalar fondi qoʼllovida ishlab chiqilagan va yakuniy kelishuv bosqichidagi «COVID-19 pandemiyasi sharoitida maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish bo’yicha vaqtinchalik Nizomni tasdiqlash» yakuniy kelishuv bosqichida boʼlib, unga koʼra koronavirusga qarshi kurash Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 2- iyundagi 27- sonli majlis protokoliga koʼra quyidagilar ishlab chiqildi :

-COVID -19 pandemiyasi davrida MTT lar faoliyatini tashkil etish boʼyicha vaqtinchalik Nizom;

-MTT tarbiyalanuvchisining qonuniy vakillari imzosi uchun blanka shakli;

-MTTlarda ishlatiladigan yuvish va dezinfeksiya vositalarining ishlatilish normalari;

– tonggi filtr uchun jurnal shakli.

Ushbu qarorda koʼrsatilgan qoidalarga koʼra davlat va nodavlat MTT larida:

-barcha xodimlar sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi hududiy Markazlari xodimlari tomonidan sanitariya-gigiena, epidemiyaga qarshi qoidalar va choralar normasi bilan tanishtirilishi va tayyorgarlikdan o’tishi lozim;

-MTT rahbarining bolalar xavfsizligini taʼminlash haqidagi kafolat xati hamda sanitariya- epidemiologiya osoyishtaligi hududiy Markazlarining qarori boʼlgandagina MTT lar faoliyati qayta tiklanishiga ruxsat beriladi;

-MTT xodimlari tibbiy niqob taqishi va ijtimoiy masofani saqlashlari shart hisoblanadi;

-MTT hududida profilaktik dezinfeksiya ishlari muntazam oʼtkazib turilishi shart;

-xodimlar va tarbiyalanuvchilarda tana harorati yuqori boʼlganda, yaʼni u 37˚ dan oshiq boʼlsa, shuningdek oʼtkir resperator infeksiyasi belgilari( tomoq ogʼrishi, yoʼtal, holsizlik va h.k) kuzatilganda ularning MTT ga kelishlari taqiqlanadi

-oilada yoki muloqot doirasidagilar orasida COVID-19 aniqlangan bo‘lasa tarbiyalanyvchini MTT ga olib kelmaslik, bu haqda darhol MTT dagilarga xabar berish lozim;

-MTT hududiga kirmaslik, bolani mas’ul xodimga topshirish so‘raladi;

-MTT joylashgan hududda epidemiologik holat yomonlashgan holatlarda sanitariya- epidemiologiya osoyishtaligi hududiy Markazlari tomonidan MTT faoliyati to‘xtatiladi.

Sizlardan talab etilayotgan profilaktik choralarga amal qilish,o‘zingiz yoki farzandingizda koronovirus belgilari kuzatilganda o‘z vaqtida MTT rahbariyati va xodimlariga xabar berish, o‘z sog‘lig‘ingiz xavfsizligini ta’minlash, atrofdagilarni infeksiya yuqishidan asrash uchun darhol shifokorga murojaat qilishga chaqiramiz.