Ijtimoiy tarmoqlarda «poraxo’rlarga qarshi chora bormi?» sarlavhasi ostida tarqalgan hamda keng muhokamalarga sabab bo’lgan maqola yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining birlamchi munosabati

Joriy yilning 13-14 mart kunlari ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatining Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig’i pora evaziga lavozimga MTT mudiraligini ta’minlanishiga qaratilgan ma’lumotlar tarqaldi.Ushbu maqolada keltirilgan vajlar ya’ni, nomalum shaxs (anonim) tomonidan Buxoro viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig’i Farxod Latipov uni Buxoro shahridagi maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori lavozimiga qo’yish evaziga 450 AQSh dollari pora so’raganiligi to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.

Mazkur holat yuzasidan, Maktabgacha ta’lim vazirligi ichki audit va moliyaviy va huquqiy nazorat xizmati tomonidan dastlabki o’rganish ishlari olib borildi.

Aniqlanishicha, Buxoro viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig’i Farxod Latipov tomonidan noma’lum shaxs bilan MTT rahbarligini olib berish bo’yicha hech qanday yozishmalar olib borilmagan va u MTT mudiraligiga nomzodlar bo’yicha hali ro’yxat shakllantirilmagan. Shuningdek, anonim tarzda ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan ma’lumotlarni xaqqoniyligini o’rganish maqsadida MTV tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhi viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda xolat yuzasidan surishtiruv ishlarini olib boradi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmati