Pandemiya sharoitida MTT larda ish jarayonining tashkil etilishi

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida koronavirus infektsiyasi pandemiyasi sababli toʼxtatilgan faoliyat jarayonini tiklashga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Ushbu faoliyatni tiklashdan maqsad, xodimlar va tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz muhitni taʼminlash orqali, bolalarni normal maishiy hayot, oʼyinlar va taʼlim jarayoniga qaytarishdir.

Bunda virus tarqalishi va uni yuqtirib olish xavfini bartaraf etish maqsadida joriy etilgan taʼqiq choralarini hisobga olgan holda, qoʼshimcha xavfsizlik choralari ham tatbiq etilishi koʼzda tutilgan.

Аmmo, bolalar oʼrtasidagi oraliq masofa, ularning ijtimoiy faolligi, amaliy mashgʼulotlari va rivojlantiruvchi oʼyinlariga halaqit bermasligi lozim.

Maktabgacha taʼlim vazirligi BMT Bolalar jamgʼarmasi UNIСEFning koʼmagida pandemiya sharoitida MTT larda ish jarayoni qanday tamoillar asosida tashkil etilishi tasvirlangan videorolik tayyorladi. ?Rolikni pastda berilgan havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: