“RAQAMLI O‘ZBEKISTON — 2030” STRATEGIYASINI TASDIQLASH VA UNI SAMARALI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.