Maktabgacha ta’lim vazirligi Ichki audit xizmatining 2020 yil bo’yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti

Ichki audit xizmati tomonidan 2020 yil davomida maktabgacha ta’lim bo‘limlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkazilgan 611 ta nazorat tadbirlarida jami 51,8 mlrd.so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi.

Jumladan,

  • noqonuniy xarajat va kamomadlar 23,4 mlrd.so‘mni (45%);
  • Davlat xarid qonunchiligi talablarini buzilishi 11,2 mlrd.so‘mni (21,6%);
  • buxgalteriya hisobi qoidalarini buzilishi va boshqa moliyaviy xato kamchiliklar 11,9 mlrd.so‘mni (22,9%);
  • byudjet va tashkilot hisobiga qo‘shimcha hisoblangan daromadlar
    5,3 mlrd.so‘mni (10,3%) tashkil etdi.

Noqonuniy xarajat va kamomadlar asosan ish haqqi va oziq-ovqat xarajatlariga ajratilgan mablag‘larni noo‘rin sarflashda yo‘l qo‘yilmoqda. 

Xaridlarning raqobatga asoslangan usullarini chetlab o‘tib, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun talablariga zid ravishda 11,2 mlrd.so‘mlik shartnomalar tuzilgan.

Ayrim holatlarda auksion xaridlar o‘rniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish yoki maxsus axborot portaliga e’lonlarni joylashtirmasdan xarid qilingan.

Masalan, Andijon viloyati Bo‘ston tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan Qonun talablariga zid ravishda shartnoma tuzilib yumshoq jihozlar 104 mln.so‘mga qimmat narxlarda xarid qilingan.

Profilaktika ishlari natijasida ya’ni ortiqcha boyliklarni kirim qilish, asossiz hisoblanmagan badal to‘lovlarini hisoblash, asossiz hisoblangan kreditor qarzdorliklarni kamaytirish, mulkni sotishdan tushgan mablag‘larni 50%ini mahalliy byudjetga yo‘naltirish kabi yo‘llar bilan 5,3 mlrd.so‘m byudjet va maktabgacha ta’lim tashkiloti foydasiga qo‘shimcha hisoblandi.

         Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan “Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” talablariga zid ravishda 451 nafar bolalar noqonuniy maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilingan.

Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 2020 yil davomida 550 ta tashkilotlar bo‘yicha nazorat tadbiri hujjatlari qonuniy chora ko‘rish uchun prokuratura organlariga taqdim etildi.

Vazirlik tomonidan byudjet mablag‘larini oqilona sarflanishini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish talon-tarojliklarni aniqlash va oldini olish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan uzviy hamkorldikda ish olib borildi.