Fargʼona pedagogika kollejida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mamlakatimiz Rahbarining 2020 yil 25 dekabrdagi ilk bora boʼlib oʼtgan Yoshlar forumi hamda 29 yanvardagi Oliy Majlis Senatiga boʼlgan Murajaatnomasida keltirilgan yoshlar masalalariga oid gʼoyalar asosida suhbat uyushtirildi. 

Suhbat davomida yoshlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash maqsadida ularga yaratilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar toʼgʼrisida batafsil maʼlumotlar berildi. Ularga maktabgacha taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida tushunchalar berildi.
Boʼlajak pedagog yoshlarimizga bolajonlarga taʼlim va tarbiya berishda qoʼllaniladigan trening mashqlar koʼrsatildi.