Maʼnaviy yetuk kelajak

Uchinchi renessans avlodini voyaga yetkazish yoʼlida MTV tomonidan yosh avlodga milliy qadriyatlarni eʼzozlash, buyuk siymolarimiz bilan gʼururlanish hissini shakllantirish, maʼnaviy, maʼrifiy va madaniyati yetuk inson boʼlib tarbiyalash maqsadida 2021 yil Yoʼl Xaritasida ishlab chiqilgan. 

Kuni kecha Fargʼona viloyatining Rishton tumanidagi DMTT tarbyalanuvchilari “Xoʼja Rushnoi” ziyoratgohiga tashrif buyurdi. 
Shu bilan birga, yangi qad rostlagan “Xalqaro kulolchilik markazi”ga bolajonlar tarbiyachi pedagoglari bilan hamrohligida hunarmandchilik mahsulotlarini koʼzdan kechirib, ularni oʼrganishdi. Bolaligidanoq milliy hunarmandchilik anʼanalarining tarixiy sir-asrorlarini ongiga singdirish, kelajakda bolalarimizni hunarni qadrlashga olib keladi.