«Aqlvoy» telekanalining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi

Bugun, Toshkent shahri Markaziy bog’ida «Aqlvoy» telekanalining rasmiy ochilish marosimi o’tkazildi.

«Aqlvoy» xususiy bolalar telekanali Maktabgacha ta’lim vazirligi ko’magi bilan Vazirlar Mahkamasining 2020 yil avgust oyida qabul qilingan «Ixtisoslashgan bolalar ko’ngilochar–ma’rifiy telekanalini tashkil etish to’g’risida»gi qarori asosida tashkil etilgan. Shuningdek, 22 martdan buyon test rejimida ishlayotgan mazkur telekanal hozirgacha 20 ta telekanal ichidan kunlik reytingda 4-o’rinni egallagan.

Dastlab, O’zbekiston Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboeva marosimni kirish so’zi bilan ochib berdi.

Ochilish marosimida so’zga chiqqan Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboeva, O’zbekistonda maktabgacha ta’lim qamrovi 3-4 yil avval 27 foizni tashkil qilganligi, hozirda esa bu ko’rsatkich 61 foizni tashkil etganligini mamnuniyat ila ta’kidlab, «2025 yilgacha mazkur ko’rsatkich 100 foizni ko’rsatishi reja qilinganligini haqida so’zladilar.

Xalqaro hamkorlarga soha rivojiga qo’shayotgan hissalari uchun o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Xususan, BMTning UNICEF tashkilotiga, Jahon banki vakillariga, barcha elchixona xodimlariga katta rahmat aytamiz», — dedi Senat raisi.

«Aqlvoy» telekanalining asosiy maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarga ilmiy-ma’rifiy, ko’ngilochar va intellektual rivojlanishiga qaratilgan teledasturlarni efirga berishdan iborat. Bundan tashqari, telekanalning asosiy auditoriyasi 3 yoshdan 9 yoshgacha bo’lgan bolalar bo’lib, kanal soat 07:00 dan 22:00 gacha faoliyat yuritadi.

«Aqlvoy» telekanalining asosiy maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarga ilmiy–ma’rifiy, ko’ngilochar va intellektual rivojlanishiga qaratilgan teledasturlarni efirga berishdan iborat.

Tadbir doirasida shular bilan bir qatorda, «Aqlvoy» oshpaz kitobi taqdimoti ham o’tkazildi. Oshpaz Bahriddin Chustiyning bergan ma’lumotiga asosan, ushbu bolalar uchun mo’ljallangan taomlar reseptlari kitobi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun maxsus ishlab chiqilgan. Unda 250 dan ortiq taomning tayyorlanish resepti joy olgan. Ushbu loyiha uchun umumiy 50 dan ortiq jamoa vakillari ishtirok etgan. El suygan san’atkorlar hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining musiqali chiqishlari marosimga o’zgacha kayfiyat ulashdi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmati