“А.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti”ning Toshkent shahridagi filialida kirish imtihonlari boshlandi

А.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogik universitetining Toshkent shahridagi filialida kirish sinovlari boshlandi. Sinovlar onlayn tarzda belgilangan grafik asosida oʼtkazilmoqda. Dastlabki sinovlar Toshkent shahridagi Puchon universiteti bazasida oʼtkazildi. Viloyatlardagi universitetlar bazasida sinovlar oʼtkazilishi uchun alohida jihozlangan xonalar tayyorlangan. Аbiturientlar tanlagan yoʼnalishlari boʼyicha kirish sinovlarining birinchi bosqichidan oʼtmoqdalar.

 Eslatib oʼtamiz, filialga belgilangan 8 ta taʼlim yoʼnalishi boʼyicha abiturientlardan hujjatlar qabuli davom etmoqda. Batafsil maʼlumotlarni saytimizdan olishingiz mumkin.  https://www.herzen.uz/  https://t.me/herzenuz

Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati