Аlohida ehtiyojga ega bolalar uchun Yaponiya tajribasi asosida inklyuziv taʼlim sohasidagi loyiha ishga tushiriladi.

2021-yil 11-iyunь kuni JICA ning Oʼzbekistondagi vakolatxonasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi va Oʼzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan «Oʼzbekistonda maktabgacha va boshlangʼich maktab taʼlimida imkoniyati cheklangan bolalar ehtiyojlariga javob berish uchun oʼqituvchilar salohiyatini mustahkamlash» boʼyicha hamkorlik bayonnomasi imzolandi.

Loyihaning umumiy maqsadi inklyuziv taʼlimni targʼib qilish, shuningdek, inklyuziv taʼlimda oʼqituvchilarning amaliy faoliyati uchun asos sifatida alohida eʼtiborga muhtoj bolalar uchun taʼlim sohasidagi bilim va koʼnikmalarga oid masalalarni yoritishdan iborat. Loyiha doirasida maktabgacha va boshlangʼich sinf oʼqituvchilari uchun maxsus taʼlim sohasidagi mavjud bilim va tajribalardan foydalanib dastur ishlab chiqiladi.

Loyihada 2 yoshdan 7 yoshgacha boʼlgan bolalar ishtirok etishi rejalashtirilgan. Loyiha davomida tajriba tarzida maktabning birinchi sinf oʼquvchilarini boshlangʼich taʼlimga yanada yumshoq oʼtishini taʼminlash hamda maktabgacha taʼlimda ijobiy amaliyotlarni mustahkamlash maqsadida qamrab olinadi.

Bundan tashqari, Oʼzbekistonda 6 oy davomida, yaʼni loyiha doirasida, istiqomat qiluvchi yaponiyalik ekspert koʼmagida loyiha imkoniyati cheklanganlikning besh turini qamrab oladi, yaʼni, nutqida nuqsoni bor bolalar, tayanch-harakatida nuqsoni bor bolalar, koʼrish qobiliyatida nuqsoni bor bolalar, aqliy va psixik rivojlanishida nuqsoni bor bolalar, eshitish qobiliyatida nuqsoni bor bolalardir.

Loyihaning yana bir tarkibiy qismi-Yaponiyada qisqa muddatli oʼquv dasturlaridir. JICA har yili uch yil davomida Oʼzbekistondan oʼn ikki nafar, yaʼni Maktabgacha taʼlim vazirligidan oʼn nafar va Xalq taʼlimi vazirligidan ikki nafar mutaxassisni qabul qiladi.

Loyiha boʼyicha hujjatlarni imzolash marosimida, Maktabgacha taʼlim vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi JICA tomonidan olib borilayotgan ishlar, yaʼni boshlangʼich taʼlim sifatini yaxshilash hamda imkoniyati cheklangan bolalarni qoʼllab-quvvatlaganligi uchun oʼz minnatdorchiliklarini bildirishdi.