Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Bo’ka tumanidagi 3-sonli MTTni ko’zdan kechirdi.

Oʼzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov Toshkent viloyati Boʼka tumanida boʼlib, «Madaniyat» mahallasi hududida mehnat vazirligi boshchiligida barpo etilayotgan 3-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini koʼzdan kechirdi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan mazkur tashkilotga 18 milliard mablagʼ ajratgan boʼlib, hozirgi kunda jihozlash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, Boʼka tumani hokimligi tomonidan tashkilotni taʼmirlash va jihozlash ishlari boʼyicha bir nechta loyihalari hamda rejalar haqida berilgan takliflar muhokama qilindi.