Bola tishini necha yoshdan tozalashni boshlashi kerak?

Birinchi tish chiqishi bilan bolani ogʻiz gigiyenasiga oʻrgatishni boshlash lozim. 1-3 yoshligidan ota-onalar yordamida, bolalar choʻtkasi va pastasidan foydalangan holda tozalashni yoʻlga qoʻyish kerak. Bolalar 6-7 yoshdan, nerv-muskul tizimi toʻla shakllangach, tishlarni mustaqil tozalashlari mumkin.

Ayrim ota-onalar keyinchalik doimiy tishlar bilan almashgani uchun sut tishlari parvarishiga yetarli eʼtibor qaratmaydi Lekin sut tishlarining muhim vazifalari bor:

Sut tishlari olib tashlangandan keyin oziq yaxshi chaynalmaydi va yaxshi hazm boʻlmaydi, bu oʻsish va rivojlanishga taʼsir qiladi. Sut tishlari yuz va jagʻ suyaklarini, qolaversa, bolada nutq shakllanishida muhim oʻrin tutadi.

Agar tish nuqson bilan chiqqan boʻlsa, choʻtka bilan olib tashlanmaydigan qoldiqlar paydo boʻlsa, tishlarda qora dogʻlar yoki milk qizarib, kattalashsa, ogʻriqdan shikoyat qilsa, zudlik bilan stomatologga murojaat etish kerak.