Bolalar salomatligini taʼminlash va ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi

Muxiddinova Umida Tulkunovna – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Bolalar salomatligi, sogʻlom ovqatlantirishni taʼminlash va ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi.

Muxiddinova Umida 1973-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli. 1996-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan.

1996-1997-yillarda – Toshkent shahar 6-akusherlik kompleksi shifokori;

1997-2000-yillarda – Toshkent shahar “Ona va bola” markazi shifokor akusher-ginekolog;

2001-2002-yillarda – Toshkent shahar Sogʻliqni saqlash boshqarmasi tugʻruqqa tayyorlash boʻlimi mutaxassisi;

2002-2011-yillarda – Respublika bolalar va oʻsmirlar reproduktiv salomatlik markazi mudiri;

2011-2017-yillarda – Respublika aholi reproduktiv salomatlik markazi shifokori akusher-ginekolog;

2017-2018-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni Saqlash vazirligi onalik va bolalikni muhofaza qilish bosh boshqarmasi yetakchi mutaxassisi;

2018-2018-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligi Maxsus maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatni muvofiqlashtirish, reabilitatsiya va bolalarning sogʻligini taʼminlash boʻlimi bosh mutaxassisi;

2018-2020-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatni muvofiqlashtirish, bolalarni reabilitatsiya qilish va sogʻligini taʼminlash boʻlimi boshligʻi;

2020-yildan hozirgi vaqtga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Bolalar salomatligi, sogʻlom ovqatlantirishni taʼminlash va ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi.

✅Muxitdinova Umida Tulkunovna
📞(71) 207-04-08 (858)
📧health@mpe.uz