Bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlashni amalga oshirish borasidagi olib borilayotgan islohotlar to’g’risida matbuot anjumani o’tkazildi.

Matbuot anjumanida Maktabgacha ta’lim vaziri olib borilayotgan islohotlar to’g’risida ma’lumotlar berib o’tdi. Jumladan, 2021 yilning bugungi kun holatiga,

MТТlarda – 593 ta,
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida – 1523 ta,
MFYlarda – 26 ta,
Kasb-hunar kollejlarida – 191ta,
Boshqa mos bino-inshootlarda 8ta, jami 2341 ta bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari tashkil etilgan bo’lib, ularga 62368 nafar bolalar qamrab olingan.
Tayyorlov guruhlari uchun o’quv yili har yili 2 sentyabrdan boshlanadi va keyingi yilning 25 mayda tugaydi.