Bolalarning rashki

Bir necha farzandli oilalarda ota-onalar ko’pincha bolalar rashki va o’rtasidagi raqobat muammosiga duch kelishadi. Oilada go’dak paydo bo’lganidan so’ng katta yoshdagi bolalar o’zlarining avvalgi «kumir» holatiga qaytishga intilishadi: tajovuzkor xatti-harakatlar, negativ yoki ko’z yoshlarini ko’payishi kuzatiladi.
❗️Ota-onalar rashkchi farzandni tanqid qilmasligi, ta’na qilmasligi yoki ustidan kulmasligi kerak.
❗️Ota-onalar rashkchi bolani «kattalar» harakatlarini namoyon qilishida rag’batlantirishlari kerak (masalan poyabzalini o’zi kiysa yoki o’yinchoqlarni yeg’ib qo’ysa).
❗️Bola katta bo’lish sharaf va imtiyoz ekanligini tushunishi kerak.
❗️Onaga go’dakni boqish qanchalik qiyin bo’lmasin, u har kuni katta farzandi bilan ham muloqot qilish va o’ynashi uchun vaqt topishi kerak.
❗️Ota-onalar har bir farzandini kerakli darajada sevishi lozim. Bolalarga bir xil muhabbat kerak emas, ular boshqalar kabi emas, balki o’zgacha tarzda sevilishini orzu qiladilar.
❗️Farzandlarigizni hech qachon bir-biri bilan taqqoslamang.