Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrif buyurdi.

Tashrif chogʻida vazir Taxiyatosh pedagogika kollejini koʻzdan kechirdi, unda maktabgacha taʼlim, yordamchi tarbiyachi, oshpazlik va jismoniy tarbiya yoʻnalishlari boʻyicha talabalar oʻqitilyotgani bilan tanishdi.

1000 oʻringa moʻljallangan pedagogika kollejida hozirgi kunda 453 nafar talaba tahsil olyapti. Ularga 26 nafar pedagoglar bilim bermoqda.

Soʻng, Agrippina Shin kollejda davlat xususiy sheriklik asosida tashkil etilayotgan NMTT tadbirkorlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda tadbirkorlar murojaatlari tinglandi hamda tadbirkorlarni maktabgacha taʼlim yoʻnalishida malaka oshirishida koʻmaklashish boʻyicha tegishli mutasaddi xodimlarga vazifalar berildi.