BUGUN.uz saytida- Biz.

Oʼzbekistonda maktabgacha taʼlim tizimida yangi dastur ishga tushiriladi.

O‘zbeistonda maktabgacha taʼlim tizimida Koreya bilan hamkorlikda yaratilgan «S board» dasturi ishga tushiriladi.
Bu haqda Maktabgacha taʼlim vazirligi axborot xizmat xabar berdi. Birinchi bosqichda loyiha Toshkent shahrining Bektemir tumanida sinov rejimda amalga oshiriladi. Ishlab chiqilgan dastur maktabgacha taʼlim tashkilotlari, tarbiyachilar, ota-onalar va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun noyob imkoniyatlarni ochib beradi.

Maʼlum bo‘lishicha, Koreyaning «Edulink» kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan loyiha birinchi bosqichda Toshkent shahrining Bektemir tumanida sinov rejimida amalga oshiriladi.

Platformada yaratish va joylashtirish maktabgacha taʼlim sifatini yaxshilash, raqamli hisobot qog‘oz turlaridan bosqichma-bosqich o‘tish uchun mo‘ljallangan.

Shuningdek, dasturda matematika asoslari, o‘zbek tili va boshqa chet tillarini o‘qitish uchun o‘quv videokliplar ham jamlangan.mobildastur ishlab chiqilishining barcha bosqichlari «ilk qadam» davlat o‘quv dasturi hamda maktabgacha taʼlim va tarbiya davlat standarti hamda maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

Аvvalroq O‘zbekistonda maktabgacha taʼlim qamrovi necha foizni tashkil etishi xabar qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda qancha xususiy bog‘cha bitim majburiyatini bajarmagani maʼlum qilingan.

 Batafsil:👉https://bugun.uz/2021/09/10/ozbekistonda-maktabgacha-talim-tizimida-yangi-dastur-ishga-tushiriladi