Buxoro viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish boʻyicha tanlov gʻoliblari eʼlon qilindi

Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilingan.

Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 694 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 370 ta lotlar boʻyicha, xususan Buxoro viloyatida 16 ta lotlar (43-58 lotlar) boʻyicha 59 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan.

Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 27-avgust holatiga respublika boʻyicha jami 334 nafar, xususan Buxoro viloyati boʻyicha 20 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan.

Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni oʻtkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab oʻtildi hamda ishtirokchilarni tanlovni oʻtkazish tartibi bilan tanishtirildi.

Buxoro viloyatida tanlovga qoʻyilgan 16 ta lotlar (43-58 lotlar) boʻyicha 59 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 20 nafar tadbirkorlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi (1- va 2-ilovalar).

Tanlovga qoʻyilgan 49-, 51-, 52-, 53-, 54-, 56-, 57-lotlarga umuman taklif kelib tushmaganligi sababli lotlar oʻynalmadi.

Tanlov komissiyasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tartibining 1-ilovasi 1, 2, 3, 4, 5, 6-shakllariga muvofiq 20 ta talabgor korxonalarning tashqi konvert hujjatlari mosligi qatʼiyan oʻrganilib chiqildi.

Malaka talablari natijalariga koʻra, 20 nafar talabgorlarning hujjatlari Tartibda belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi hamda Malaka talablari tanlovidan oʻtmagan talabgorlarning ichki konverti (texnik va tijorat taklifi) ochilmadi va talabgorlar tanlovdan chetlatiladi.

Buxoro viloyati boʻyicha tanlovda qatnashib gʻolib boʻlganlar bilan quyida tanishishingiz mumkin.