Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha g‘oliblari e’lon qilindi

Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini  takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 5 iyuldagi 123-sonli buyrug‘i qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan.

Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 694 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 370 ta lotlar bo‘yicha, xususan Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 ta lotlar (1-9lotlar) bo‘yicha 33 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan.

Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 27 avgust holatiga respublika bo‘yicha jami 334 nafar, xususan Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 14 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 14 nafar tadbirkorlar tomonidan tanlovda qatnashib g ‘olib bo ‘lganlar bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Batafsil:

Maktabgacha ta`lim vazirligi Axborot xizmati