Davlat-xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatlarini tashkil etish boshqarmasi boshligʻi

Xakimov Abdugʻulom Soyibjonovich – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi.

Xakimov Abdugʻulom 1982-yilda Andijon viloyatida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli. 2004-yilda Oʻzbekiston milliy universitetida bakalavr va 2006-yilda Oʻzbekiston milliy universitetida magistratura bosqichini tamomlagan.

2006-2009-yillarda -Respublika OITSga qarshi kurash markazi moliyaviy menedjeri;

2009-2011-yillarda – Respublika OITSga qarshi kurash markazi moliyaviy mutaxassisi;

2011-2015-yillarda – Respublika OITSga qarshi kurash markazi moliyaviy yordamchi;

2016-2017-yillarda – Respublika OITSga qarshi kurash markazi iqtisodchi;

2018-2018-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatni tashkil etish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari;

2018-yildan hozirga qadar – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi.

✅Xakimov Аbdugʼulom Soyibjonovich

📞 (71) 202-04-08 (808)

📧 dxsh@mpe.uz