“Euronews”ning ijodkorlari Xorazmda

Yevropaning axborot telekanali “Euronews”ning ijodkorlari 19-20-oktyabr kunlari Xorazm viloyati Xiva tumani Dashyoq mahallasida faoliyatini boshlagan “Aqlvoy” avtobusi va guruhning ish jarayonini jahonga tanitish maqsadida tayyorlanayogan lavhaning tasvirga olish jarayonlari jonli, samimiy oʻtdi.

“Euronews” ijodkorlari safarning ikkinchi kunida esa Qoʻshkoʻpir tumanining Xosiyon qishlogʻida boʻlib, 16-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida bolalarga yaratilgan shart-sharoitlarni kamera tasmasiga muhrlashdi.

Soʻnggi manzil esa Qoʻshkoʻpir tumanidagi “Alternative” guruh boʻldi. Tasvirga olish jarayonlarida chaqqon va uddaburon, tili burro bolalar ijodkorlarda iliq taasurot qoldirdi.