Finlyandiyalik soha mutaxassislari Navoiyda

Zarafshon shahrida Finlyandiya davlati bilan hamkorlikda «Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy axborot kommunikasion-texnologiyalardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish» mavzusida amaliy seminar o’tkazildi.

Joriy yilning 10 aprel kuni Zarafshon shahridagi 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida «Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy axborot kommunikasion-texnologiyalardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish» mavzusida viloyat amaliy seminari o’tkazildi. Amaliy seminarda tuman va shahar maktabgacha ta’lim bo’limi mudirlari hamda Mttlari direktorlari va pedagoglari ishtirok etdilar. Qizg’in va savol-javoblarga boy o’tgan amaliy seminar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, semenarda viloyatimizga tashrif buyurgan Fillyandiyalik ta’lim sohasi vakilari ham ishtirok etib, mamlakatimizda maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlarni hamda maktabgacha yoshdagi bolalarga bo’lgan e’tibor va ularga berilayotgan ta’lim-tarbiya jarayonlari bo’yicha ijobiy fikr bildirib, alohida e’tirof etdilar.