Islom taraqqiyot banki bilan o‘zaro hamkorlik

Maktabgacha ta’lim vazirligining Islom taraqqiyot banki bilan o‘zaro hamkorligi imtiyozli kreditlar hisobidan 120 ga yaqin davlat xususiy sherikchiligi asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari loyihasini moliyalashtirishni nazarda tutadi.

Hozirgi vaqtda Islom taraqqiyot bankining baholash missiyasi bilan O‘zbekistonda ushbu loyihani amalga oshirish mexanizmlarini aniqlash bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Muzokaralar chog‘ida Islom taraqqiyot banki Maktabgacha ta’lim vazirligiga so‘rovnoma yubordi, Maktabgacha ta’lim vazirligi mutaxassislari tomonidan so‘rovnoma to‘ldirilib belgilangan tartibda Islom taraqqiyot banki rasmiy vakillariga yuborildi.

Islom taraqqiyot bankining baholash missiyasi yaqin kelajakda tashrif buyurishi kutilmoqda.

Hamkorlik xronologiyasi:

– 2019 yil 23 mayda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 428-sonli «Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhi mablag‘lari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarori qabul qilindi.

– 2020 yil 6-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4883-sonli qarori qabul qilindi.

– Maktabgacha ta’lim vazirligi belgilangan tartibda, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog’ini kengaytirish loyihasi Konsepsiyasini yubordi.

– 2021 yil 20 yanvarda Maktabgacha ta’lim vazirligining loyiha taklifi 2021 va 2022 yillarda ishlab chiqish va joriy etishning ustuvor yo‘nalishi sifatida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Islom taraqqiyot bankiga taqdim etildi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati