Jamoatchilik kengashi aʼzolari uchun seminar tashkil etildi

Maktabgacha taʼlim vazirining 2019 yil 4 dekabrdagi “Maktabgacha taʼlim vazirligi huzurida Jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 207-son buyrugʼi asosida yigirma toʼrt kishidan iborat vazirlik huzuridagi jamoatchilik kengashi tarkibi shakllantilgan boʼlib, jamoatchilik kengashi raisi sifatida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi professori Sultanova Eʼtibor Siddiqovna tasdiqlangan.

Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalaridan biri sifatida sohaga oid qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarida jamoatchilik manfaatlari va jamoatchilik fikri hisobga olinishi, fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasida qonun hujjatlari talablari ijrosini taʼminlash, davlat xizmatlarini koʼrsatish, ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni roʼyobga chiqarish boʼyicha vazirlik va uning mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish belgilangan.

Maktabgacha taʼlim vazirligi binosida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan «Zoom» platformasi oqali tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Jamoatchilik Kengashlari faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan seminar tashkil etildi. Seminarda jamoatchilik kengashi raisi Eʼtibor Sultanova, jamoatchilik kengashi aʼzolari hamda vazirilik xodimlari ishtirok etishdi. Seminarda vazirlik tomonidan 2021 yil besh oyida jamoatchilikka taqdim etilgan maʼlumotlar hisoboti berildi.

Maktabgacha taʼlim vazirligi Аxborot xizmati