Jizzax viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish boʻyicha tanlov gʻoliblari eʼlon qilindi

Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 407-son qaroriijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirining «Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2021-yil 5-iyuldagi 123-sonli buyrugʻi qabul qilinib tanlov eʼlon qilingan.

Yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan respublikada 1 576 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish uchun 342 ta lotlar bo‘yicha, xususan Jizzax viloyatida 8 ta lotlar (5764 lotlar) bo‘yicha 44 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qilingan.

Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 29 oktyabr holatiga respublika bo‘yicha jami 310 nafar, xususan Jizzax viloyati bo‘yicha 15 nafar tadbirkorlar tomonidan hujjatlar kelib tushgan.

Tanlov komissiyasining raisi tomonidan tanlovni o‘tkazish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tanlov hujjatlari asosida tashkil etilishi taʼkidlab o‘tildi hamda ishtirokchilarni tanlovni o‘tkazish tartibi bilan tanishtirildi.

Jizzax viloyatida tanlovga qo‘yilgan 8 ta lotlar (57-64 lotlar) bo‘yicha 44 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda tanlovda ishtirok etish uchun hujjat taqdim etgan 15 nafar tadbirkorlar to‘g‘risida maʼlumot berildi.

Tanlov komissiyasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Tartibining 1-ilovasi 1, 2, 3, 4, 5, 6-shakllariga muvofiq 9 ta talabgor korxonalarning tashqi konvert hujjatlari mosligi qatian oʻrganilib chiqildi.