Kadrlar boshqarmasi tomonidan joriy yilning I yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar to’g’risida ma’lumot

Kadrlar boshqarmasida joriy yilning I yarim yilligi davomida jami 612 ta buyruqlar ishlab chiqilgan bo’lib, shundan,
347 ta shaxsiy tarkibga oid, 265 ta xizmat safarlariga oid buyruqlar.
Jismoniy va yuridik shaxslardan joriy yilning I yarim yilligi davomida jami 741 ta murojaatlar kelib tushgan bo’lib, bugungi kunda muzkur kelib tushgan murojaatlarning 709 tasining ijrosi o’rnatilgan tartibda ko’rib chiqilib, natijalari bo’yicha mualliflarga javob xatlari yuborildi.
«mdo.ijro.uz» tizimi orqali jami 719 ta xat-hujjatlar kelib tushgan bo’lib, boshqarma tomonidan kelib tushgan xat-hujjatlarning 624 tasining ijrosi yuzasidan tegishli tashkilotlarga javob xatlari yuborilgan hamda bugungi kunda 95 ta xat-hujjatlar ish jarayonida.
O’zbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 133-moddasiga ko’ra barcha xodimlarga, shu jumladan o’rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun vazirlik xodimlarining 2021 yil uchun yillik ta’tillar jadvalini tasdiqlash maqsadida har bir tarkibiy bo’linma rahbarlari hamda xodimlarining xohishlarini hisobga olgan holda ta’tillar jadvali shakillantirib vazirlik kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 oktyabrdagi «yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-4502-son qaroriga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarning son va sifat tarkibi, vakansiyalarni shakllantirish «yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksida (keyingi o’rinlarda -«YAMMT» IDAK) amalga oshirilishi belgilab qo’yilgan topshiriq ijrosini ta’minlash maqasadida, vazirlik Markaziy apparati xodimlarining ma’lumotlari «YAMMT» Idakga kiritilib, doimiy ravishda yangilab borilmoqda.

Boshqarma tomonidan quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi:

  • «O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi huzurida Jahon banki ishtirokidagi «bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish» loyihasi va barcha xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirilishini ta’minlash hamda Koreya Respublikasi bilan hamkorlikni jadallashtirish to’g’risida»gi;
  • «O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida xodimlar bilan tuziladigan mehnat shartnomasining namunaviy shaklini tasdqilash to’g’risida»gi;
  • «O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning kechiktirib bo’lmas
    chora-tadbirlari to’g’risida»gi;
  • «O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini belgilash to’g’risida»gi;
  • «O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida manfaatlar to’qnashuvini boshqarish to’g’risida»gi;
  • «Maktabgacha ta’lim tizimida vakant lavozimlarga xodimlarni ishga qabul qilishda tanlov asosida saralab olish tartibini joriy etish to’g’risida»gi.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 oktyabrdagi PF-5843-son «O’zbekiston Respublikasi kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan «O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Markaziy apparati, hududiy bo’linmalar, tizimdagi tashkilotlardagi vakant bo’lgan lavozimlarni tanlov asosida saralab olish to’g’risida»gi tartib ishlab chiqildi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan kelishildi.

    Mazkur tartibga asosan Maktabgacha ta’lim vazirining 2021 yil 1 martdagi 33-son buyrug’i tasdiqlandi hamda tizimdagi tashkilotlarda ochiq mustaqil tanlov asosida davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish belgilandi.
    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda vazirlik nomenklaturasiga kiritilgan vakant lavozimlar uchun ochiq vacancy.argos.uz sayti orqali tanlov e’lon qilinib, munosib deb topilgan nomzodlar lavozimlarga tayinlanib kelinmoqda.
    Jumladan, tanlov orqali Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus shahar, Toshkent shahar Mirobod tumani, Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani, Samarqand viloyati Bulung’ur tumani, Buxoro viloyati Kogon va Vobkent tumanlari maktabgacha ta’lim bo’limi mudiri lavozimiga rahbar xodimlar tayinlandi.

    Hududiy maktabgacha ta’lim boshqarmalari tomonidan jami 311 nafar davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarini (keyingi o’rinlarda DMTT) doimiy lavozimga tayinlash uchun kiritilgan nomzodlarning hujjatlarini o’rganib chiqib, Maktabgacha ta’lim vazirining 2020 yil 24 iyuldagi 108-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan vazirlik bilan kelishiladigan lavozimlarga tavsiya etilgan nomzodlarni hujjatlarini o’rganish va xulosa berish bo’yicha komissiya a’zolarining xulosalarini inobatga olgan holda hududlarga kelishish yoki boshqa nomzod yuborish to’g’risida javob xatlari yuborildi.

    Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida samarali mehnat qilib qelayotgan xodimlarni O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining o’ttiz yilligi bayrami arafasida davlat mukofotlariga tavsiya etish maqsadida hududiy maktabgacha ta’lim boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan 124 nafar xodimlarning mukofot varaqlari, ma’lumotnomalari (spravka-ob’ektivka), mehnat faoliyati davomida erishgan yutuqlari aks ettirilgan tavsifnomalari (annotasiya) talab darajasida rasmiylashtirilib, nomzodlarning hujjatlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminsitrasiyasiga kiritildi.
    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat fuqarolik xizmatining holati tahlil qilish, 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasi tayyorlanishi uchun bugungi kunda hududiy maktabgacha ta’lim boshqarmalari, idoraviy mansub tashkilotlari hamda tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limlarida faoliyat olib borayotgan boshqaruv xodimlari soni bo’yicha Davlat fuqarolik xizmatini 2030 yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko’rsatkichlari va indikatorlari bo’yicha ma’lumotlar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminsitrasiyasiga taqdim etildi.

    Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev rahbarligida 2021 yil 24 may kuni o’tkazilgan «Maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi past bo’lgan hududlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog’ini kengaytirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi videoselektor yig’ilishining 29-son bayonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
    Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog’ini kengaytirish, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha ta’lim tizimining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, aholiga maktabgacha ta’lim xizmatlari ko’rsatish sifatini yaxshilash, sohada nodavlat sektorning ulushini oshirish hamda vazirlikda yangi boshqaruv tizimini joriy etish maqsadida vazirning 2021 yil 14 iyundagi 112-son buyrug’i bilan maktabgacha ta’lim vaziri va o’rinbosarlarining aniq vazifalar taqsimoti qabul qilindi. Qoraqalpog’iston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari rahbarlari hamda tuman shahar maktabgacha ta’lim bo’limi mudirlarining vazifalar taqsimoti loyihasi ishlab chiqildi hamda kelishish uchun Qoraqlapog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklariga yuborildi.
    Maktabgacha ta’lim vazirining 2021 yil 25 maydagi 261-k son buyrug’i bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari boshliqlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

    Maktabgacha ta’lim vazirining tegishli buyruqlari bilan joriy yilning 7 iyunida 149 nafar maktabgacha ta’lim bo’limlari mudirlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bugungi kunda 6 ta tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi mudiri O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda o’tkazilgan tanlov natijalariga ko’ra lavozimga tayinlangan bo’lib, qolgan 42 maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo’limlari mudirlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari mehnat qonunchiligi normalariga muvofiq joriy yilning 5 iyuldan bekor qilinishi choralari ko’rilmoqda.

    Shunigdek, O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Markaziy apparati, hududiy bo’linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar vakant lavozimlarga xodimlarni ishga qabul qilishda tanlov asosida saralab olish tartibini tasdiqlash to’g’risidagi Nizom loyihasi ishlab chiqildi va kelishish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga kiritildi.