Kattaqo’rg’on shahridagi maktabgacha ta’lim bo’limining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Bu bo’lim zamonaviy, qulay, eng yangi standart va talablarga to’liq javob beradi. O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin maktabgacha ta’limning yangi bo’limini ochilish marosimida ishtirok etdi.

Vazir bino sharoitlari va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Ochilish marosimi doirasida konsert dasturi namoyish etildi.

Tomoshabinlar maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining qo’shiqlari va raqslaridan mamnun bo’lishdi.

Tadbirdan so‘ng vazir Agrippina Shin Kattaqo’rg’on pedagogika kollejiga tashrif buyurdi.

Vazir kollejda faoliyat ko’rsatadigan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining qurilish jarayoni bilan tanishdi.

Avvalroq, maktabgacha ta’limdagi klaster tizimi ta’lim va tarbiya sifatini oshirish, uni amaliyot bilan uyg’unlashtirish maqsadida amalga oshirilayotgani haqida xabar berilgan edi.Shuningdek, u kelgusida viloyatda maktabgacha ta’lim tizimi uchun sog’lom oziq-ovqat bilan ta’minlaydigan oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash kombinatini qurish bo’yicha zarur ko’rsatmalar va topshiriqlarni berdi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati