KICCE (Janubiy Korea Respublikasi) bilan hamkorlik Memorandumi imzolandi

Maktabgacha taʼlim vazirligi Koreyaning Bolalarga gʻamxoʻrlik va erta taʼlimni oʻrganish instituti (KICCE) oʻrtasida erta yoshdagi taʼlim tizimini takomillashtirish sohasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Ushbu Memorandumning asosiy maqsadi Koreya Respublikasi mutaxassislari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimining mustahkam ilmiy bazasini yaratish, shuningdek davlat standartlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni birgalikda ishlab chiqishdan iborat.

Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimi uchun pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlari ham memorandum doirasida amalga oshiriladi.



Memorandumdan quyidagicha natijalar kutilmoqda:

– qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish va mustahkam qoʻshma dasturlarni ishlab chiqish;

– oʻquv-uslubiy majmualarni ishlab chiqish va maktabgacha yoshdagi bolalarni oʻqitish uchun didaktik materiallar;

– Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari uchun milliy yoʻnaltirilgan oʻquv-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish.