KOICA bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha muhokamasi boʻlib oʻtdi

“Oʻzbekistonda Kadrlar tayyorlash, tarbiyalash va malakasini oshirish kompleks markazini qurish orqali maktabgacha taʼlim muassasalari pedagoglarining salohiyatini oshirish” loyihasini amalga oshirish yuzasidan muhokamalar olib borildi.

Unda Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin hamda KOICA Bosh ofisi vitse-prezidenti Im Jong Xi xonim ishtirok etdi.

Loyiha doirasida Toshkent shahrining Yunusobod tumanida “Kadrlar tayyorlash, tarbiyalash va malakasini oshirish kompleks markazi va innovatsion davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti” qurish rejalashtirilgan.

Shuningdek, maktabgacha taʼlim va erta rivojlanishda innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda maktabgacha taʼlimni targʻib qilish ishlari ham koʻzda tutilgan.

Maʼlumot uchun: ushbu loyiha 2021-2026-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.