KOICA bilan hamkorlikda o’quv kurslari boshlandi

Joriy yilning 12 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim Vazirligi va KOICA hamkorligida «O’zbekistonning maktabgacha ta’lim tizimidagi kadrlar salohiyatini oshirish va kelgusidagi taraqqiyoti» dasturi doirasida 12-30 iyul kunlariga moʻljallangan «Oʻzbekiston maktabgacha ta’lim tizimi pedagog kadrlarini malakasini oshirish» oʻquv kurslari boshlandi. Mazkur o’quv kurslari 2021-2023 yillar davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo’lib, har 3 yil davomida maktabgacha ta’lim sohasining 20 nafar xodimi dasturda ishtirok etadi. Tadbir doirasida Koreyaning Soonchunhyang Universiteti yetakchi professor-o’qituvchilar ishtirokida ikki va uch haftalik ma’ruzalar va amaliy mashg’ulotlar rejalashtirilgan. Bugungi kunda 120 nafar xodimlardan 21 nafari (4 nafar direktor, 4 nafar metodist, 13 nafar maktabgacha tarbiyachi ) suhbat asosida tanlab olindi. O’quv kursi maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarga yo’naltirilgan yondashuvlarni va o’quv dasturlarini takomillashtirishga qaratilgan. Epidemiologik vaziyat tufayli o’quv kurslari onlayn tarzda tashkil etildi.