KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan kitoblar to‘plami bepul sovg‘a qilindi

2021 yil 3 dekabr Xalqaro ko‘ngillilar kuni arafasida Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan «Xalq ertaklari» kitoblari to‘plami bepul sovg‘a qilindi.

Har bir to‘plam 16 ta kitobdan (8 tasi o‘zbek tilida, 8 tasi rus tilida) iborat bo‘lib, ularda bolalarning chuqurroq idrok etishi uchun keng illyustrativ materiallardan foydalanilgan.

70 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga «Xalq ertaklari» kitoblari to‘plami tarqatiladi.Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 484-sonli DMTT sovg‘alarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Pak Sunjin xonim so‘nggi bir necha yil ichida O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimida ro‘y bergan ijobiy o‘zgarishlarini e’tirof etdi va hamkorlik aloqalari kelgusida ham davom etishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 2021-2026-yillarda KOICA bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar doirasida Toshkent shahrida bolalarni rivojlantirish kompleks markazi hamda Koreya tajribasi bo‘yicha innovasion davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish ko‘zda tutilgan.