Maktabgacha taʼlim vazirligi va “Oʻzbekkino” milliy agentligi oʻrtasida memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “Oʻzbekkino” milliy agentligi tomonidan maktabgacha taʼlim tashkilotlari bolalari uchun 100 ta multfilm begʻaraz taqdim etildi.

Mazkur multfilmlar bolajonlarda vatanparvarlik, milliylik, yuksak tarbiyani shakllantirish va ularning maʼnaviy dunyosini boyitishda muhim rol oʻynashi shubhasiz. Zero, bolaga uni qiziqtirgan holda taʼlim-tarbiya berish oʻzlashtirishning muhim omili hisoblanadi.

Multfilmlar maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yaqin vaqt ichida yetkaziladi.