Maktabgacha taʼlim vazirligi va YUNISEF oʻrtasida hamkorlik davrida amalga oshirilgan ishlar.

2018-2021-yillarda YUNISEF bilan hamkorlikda koʻplab loyihalar amalga oshirildi, ularning asosiylari quyidagilar:

I. “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturini ishlab chiqish va koʻpaytirishda texnik yordam koʻrsatilishi.
2018-yilda YUNISEF (xalqaro va mahalliy taʼlim mutaxassislari bilan) erta va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi uchun davlat talablarini hamda “Ilk qadam” oʻquv dasturini ishlab chiqib koʻpaytirishda (10 000 ta) koʻmaklashdi.
Davlat talablari va maktabgacha taʼlimning “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturini amalda qoʻllashda trenerlar uchun oʻquv toʻplami (modul), shuningdek ushbu materiallarning amalga oshirilishini qoʻllab-quvvatlovchi oʻquv-uslubiy material ishlab chiqildi;
YUNISEF va Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi hamda erta va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi uchun davlat talablarini amaliyotga joriy etilishi yuzasidan 31 nafar ustoz-murabbiylarni tayyorlash boʻyicha qator oʻquv seminarlari oʻtkazildi.
2020-yil avgust oyida “Ilk qadam” oʻquv dasturini amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash uchun 6 ta uslubiy qoʻllanmani ishlab chiqilishi tugallandi.
II. Taʼlimni boshqarish va axborotni ishlab chiqarish boʻyicha “OpenEMIS” dasturi ishlab chiqarish, joriy etishda koʻmaklashilishi.
2018-yil 1-aprelda – YUNISEFning moliyaviy koʻmagi bilan “OpenEMIS” dasturi ishlab chiqilib joriy etildi.
III. Maktabgacha taʼlim boʻyicha muqobil va innovatsion xizmatlarni modellashtirishni qoʻllab-quvvatlanishi.
YUNISEF bilan yurtimizning olis tumanlarida maktabgacha taʼlimning muqobil shaklini tashkil etishda ehtiyojlarni baholash jarayonlari oʻtkazildi, maktabgacha yoshdagi bolalarni qamrab olishda eng past koʻrsatkichli ikkita hudud aniqlandi: Xorazm viloyati qishloq joylari (Bogʻot, Qoʻshkoʻpir tumanlari), Namangan viloyati (Koson, Norin tumanlari).
IV. Maktabgacha taʼlim pedagogining kasbiy standartini ishlab chiqishga koʻmaklashilishi.
2020-yil 14-fevralda – Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi doirasida YUNISEFning texnik koʻmagi bilan maktabgacha tarbiyachining kasbiy standartini ishlab chiqishga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi;
V. Taʼlim sifatini baholash tizimini ishlab chiqishda koʻmaklashilishi.
YUNISEF va Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat nazorat inspeksiyasi bilan birgalikda taʼlim sifati uchun oʻquv jarayoni sifatini baholash tizimi ishlab chiqilgan, asosiy koʻrsatkichlarni baholash tizimi tasdiqlangan. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun badiiy oʻquv rangli bukletlarni yaratish boʻyicha konsepsiya ishlab chiqildi, buning asosida kitoblar yaratildi va nashrga tavsiya etildi.