Maktabgacha taʼlim vazirligining bu yilgi «Аvgust konferentsiyasi» tadbirida respublika bo’yicha 200 dan ortiq soha xodimlari ishtrok etdi.

Аvgust oyi taʼlim tizimi hodimlari uchun eng maʼsuliyatli – sarhisob va reja qilish davri hisoblanadi.

“Аvgust konferentsiyasi” nomi bilan tizim tomonidan har yili bayramona tarzda nishonlanadigan bu tadbir joriy yilda maktabgacha taʼlim tizimining 200 dan ortik tarbiyachi va metodistlari bilan bir katorda, sohaning maʼsuliyatli xodim va rahbarlarini jamladi.

Аnjumanda oʼtgan 2018-2019 o’quv yili yakunlari va yangi 2019-2020 o’quv yilida maktabgacha taʼlim tizimi oldida turgan vazifalar toʼgʼrisida kelishildi.

Bu yilgi “Аvgust konfkrentsiyasi”da soha faoliyatini tahlil qilib shu vazifalarni eng pastki boʼgʼinlargacha bajarilishi lozim boʼlgan vazifalarni aniqlab, taʼlim muassasalariga yetkazish va kengashlarni aynan bugungi kunda muammoli masalalar yechimiga qaratildi.

Vazirlik rahbarlari ishtrok etgan anjumanda maktabgacha taʼlim vazirligi endi faqat bolalar qamrovini oshirish bilan emas, balki samaradorlikka erishish bilan ham shug’ullanishi kerakligini taʼkidladilar.

Bu borada vazirlikning oldida turgan eng asosiy vazifalar nazorat – tahlil – tashxis formulasidan foydalangan holda tizimda ishlovchilarning salohiyatini, ish samaradorligini oshirish, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari salohiyatidan to’liq foydalanish va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga metodik yordam ko’rsatish bilan amalga oshiriladi.

Аnjuman so’ngida 19-21 avgust kunlari poytaxtimizda bo’lib oʼtgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” ko’rik tanlovi g’olib va ishtrokchilarining taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.