Maktabgacha taʼlim vazirligining Ichki audit xizmati tomonidan 2021-yil 1-chorak hisoboti.

Maktabgacha taʼlim vazirligining Ichki audit xizmati tomonidan 2021-yil 1-choragi davomida maktabgacha taʼlim boʻlimlari va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻtkazilgan 80 ta (shundan prokuratura va prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda -7 ta) nazorat tadbirlarida jami 3,4 mlrd.soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi.
Oʻtkazilgan profilaktika natijasida tovar-moddiy boyliklar ortiqchaligi va kirim qilinmaganligi, byudjetga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlarning oʻz vaqtida oʻtkazilmaganligi, belgilangan miqdordan kam hisoblangan ota-ona toʻlovlari kabi holatlar boʻyicha 266 mln.soʻm byudjet va tashkilot hisobiga qoʻshimcha hisoblandi.
Tizimda debitor va kreditor qarzdorliklarni kamaytirish hamda oʻrnatilgan tartibda undirish boʻyicha sudga murojaat qilish, ishlamaydigan “oʻlik jonlar” aniqlanib ishdan boʻshatish, xodimlarning ish haqidan asossiz ushlab qolishlarga chek qoʻyish kabi profilaktika ishlari olib borildi.
Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan 2021-yil 1-choragi davomida 80 ta tashkilotlar boʻyicha nazorat tadbiri hujjatlari qonuniy chora koʻrish uchun prokuratura organlariga yuborildi.
Vazirlik byudjet mablagʻlarini oqilona sarflanishini taʼminlash, korrupsiyaga qarshi kurashish talon-tarojliklarni aniqlash va oldini olish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan uzviy hamkorlikda ish olib borildi.