MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARINING FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi ikki oy muddatda:

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining namunaviy shtat birliklarini;

davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining namunaviy ustavini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.

3. Belgilab qo‘yilsinki:

davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida nutqi, eshitishi va ko‘rishida yengil nuqsonlar bo‘lgan bolalarga xizmat ko‘rsatish uchun defektolog shtat birligi joriy etiladi;

psixik rivojlanishida nuqsonlar bo‘lgan bolalarni jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalaridan tashqari boshqa davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi;

jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar, pedagog va tibbiyot xodimlarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha to‘lov saqlab qolinadi.

4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish hamda bolalarni maktabga tayyorlashning mazmuni va mohiyati yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini keng yoritsinlar.

5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

6. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh., 2017-yil 19-iyul, 528-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-son qaroriga
5-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari

RO‘YXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha bolalar muassasalari tarmog‘ini tashkil etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 24-iyundagi 313-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 6-son, 33-modda) 2-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari, shuningdek 7, 8 va 10-bandlari.

2. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2007-yil 25-oktabrdagi 225-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 10-son, 60-modda).

3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 18-iyundagi 117-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 32-modda).

4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (Vazirlar Mahkamasining “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 28-fevraldagi 50-son hamda “Xalq ta’limi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2011-yil 1-martdagi 52-son qarorlari)” 2011-yil 20-iyundagi 183-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 6-son, 55-modda) ilovaning 12-bandi.