Maktabgacha ta’lim vazir o’rinbosari Jizzax viloyatida

O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri o’rinbosari Uzoqboy Begimqulov Jizzax viloyatida maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlar, faoliyatlari, shart-sharoitlari, ta’lim sifati bilan tanishish maqsadida bir nechta maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan tanishdi. Xususan, Jizzax viloyati Zomin tumanidagi «jajji qadamlar» nomli 14-DMTT, «yorqin yulduz boychechak» nomli davlat xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, shuningdek, Paxtakor tumanidagi Pedagogika kollej faoliyati bilan tanishib, «pedagoglarning malakasini oshirish uchun Respublikadagi tajribali mutaxassislar Jizzaxdagi kollejlarda amaliy seminarlar o’tkazishi uchun jalb etilishi hamda viloyat Pedagogika kollejida Klaster tizimi tashkil etib, uning qoshida DMTT ochish va bu bilan talabalarning olgan bilimlarini amaliyot bilan uyg’un tarzda o’zlashtirishini» – vazir o’rinbosari ta’kidlab o’tdi.