Maktabgacha ta’lim vaziri Puchon universitetida yoshlar bilan uchrashdi.

Koreya Respublikasining Toshketdagi Puchon universiteti filialida 3ta ta’lim yo’nalishi, ya’ni maktabgacha ta’lim, koreys tili va menejmenti, arxitektura bo’yicha o’qitiladi. Ushbu universitet 2018 yil tashkil etilgan bo’lib, 2021 yil ilk bitiruvchi talabalari ta’lim dargohini tamomlashmoqda.

388 bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash maqsadida Puchon universitetini o’zida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Universitet talabalari to’g’ridan to’g’ri ish beruvchi bilan mehnat shartnomalarini imzolashdi, Toshkent shahrining o’zida 54 nafar talaba yangi o’quv yilidan boshlab MТТlarda o’z ish faoliyatini boshlashadi.

Bunday noan’anaviy tadbirda vazir yoshlarni barcha savollariga javob berib, kelgusida ularni universal xodimlar bo’lishiga ishonch bildirdi.