Maktabgacha talim vaziri Qoraqalpog’iston Respublikasi Kegeyli tumanidagi »Progress Simba» davlat xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi.

Tashkilot 150 o‘ringa mo‘ljalangan bo‘lib bolajonlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida ta’lim va tarbiya olib boriladi. Kegeyli tumanida maktabgacha talim sohasida bugungi kunda:


📌 13 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti;

📌 42 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti;

📌 3 ta davlat xususiy-sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud.

Tumanda ijtimoiy yordamga muhtoj oilalardan 27 nafar bola hamda «Temir daftar», «Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari»ga kiritilgan oilalardan 12 nafar bola maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan.

Umumiy qamrov ko’rsatkichi 67,9% tashkil qiladi. Bu ko’rsatgichni yil yakuniga qadar 71% yetkazish reja qilingan.‌‌