Maktabgacha ta’lim vazirining Samarkand viloyatidagi tashrifi davomida Urgut tumanidagi Pedagogika kollejida davom etdi.


Kollejda tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashdi. Ta’lim muassasasi 226 nafar bo’lajak pedagog-tarbyachilarni tayyorlaydi. Klaster o’qitish tizimi ularni yanada ko’proq ish bilan ta’minlash imkoniyatini beradi. Chunki kollej qoshida 240 o’rinli 45-son DMTT binosi rekonstruktsiya qilinmoqda. Bu erda yosh kadrlar malakasini oshirish bilan bir qatorda ish bilan ham ta’minlanishi mumkin.

Vazir kollej maydonidagi ta’mirlanayotgan MTTning binosini ko’zdan kechirdi. Ob’ektning loyihasi zamonaviy usulda ekanligi hamda yaqin oylarda mahalla bolalari to’laqonli maktabgacha ta’lim va tarbiya bilan qamrab olinishi ko’zda tutildi. Vazirning taklifiga ko’ra, ushbu bog’cha barcha zamonaviy talablar mos raqamli tashkilot qilinadi.

Ma’lumot uchun: Urgut tumanida investisiya dasturi hisobidan 2020 yilda uchta davlat Mttlari qurildi. Xozirgi kunda bolalar qamrovi 44,7% ni tashkil etadi. 2021-yilda yana ikkita DMTT qurish va yangi oilaviy shakldagi bog’chalar yaratish rejalashtirilgan. Shunday qilib, qamrov darajasi 65 foizga etadi.

Vazir topshirig’iga ko’ra, Bulung’ur tumanining maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo’yicha «yo’l xaritasi» tuziladi. Shu bilan birgalikda, tumandagi oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning malakasini muntazam oshirib borishga qaror qilindi.