Maktabgacha ta’lim vaziri o’rinbosari Uzoqboy Begimkulov Xorazm viloyatida.

Ma’lumki, 2018-2019 yillarda belgilangan tartibda davlat – xususiy sheriklik shaklidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish bo’yicha bitimlar imzolangan edi. Vazir o’rinbosari bugun, O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2021-yil 21-iyuldagi 07/1-921 sonli yig’ilishi bayoni ijrosi yuzasidan bitimlar imzolangan 40 nafar tashabbuskor tadbirkorlar bilan loyihalarga kredit mablag’lari ajratilishini tezlashtirish maqsadida bevosita yuzma-yuz uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuvda Xorazm viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig’i I.Yakubova hamda «O’zMilliyBank» AJ Xorazm viloyati filiali boshqaruvchisi o’rinbosari Sh.Qo’chqarovlar ham ishtirok etdi.

Uchrashuvdan ko’zlangan maqsad: Xorazm viloyatida davlat xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini kengaytirish, qamrov ko’rsatkichini oshirishga erishish.

Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati