Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi direktorning davlat tili bo‘yicha maslahatchisi

Vazirlikning markaziy apparati

Riskulova Kamola Djummayevna – Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi  Maktabgacha ta’lim agentligi direktorining davlat tili bo‘yicha maslahatchisi  

Riskulova Kamola 1984-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, oliy maʼlumotli. 2004-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillar universitetini tamomlagan.

2003-2006-yillarda – Toshkent pedagogika kollejida ingliz tili oʻqituvchisi;

2010-2011-yillarda – Oydin hayot Respublika sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish markazi ilmiy xodimi;

2011-2014-yillarda – Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili fonetikasi va fonologiyasi kafedrasi dotsenti;

2015-2017-yillarda – Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, pedagogika va psixologiya kafedrasi katta ilmiy xodim izlanuvchisi;

2017-2020-yillarda – Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tilini oʻqitish metodikasi kafedrasi dotsenti;

2020-2023- yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi.

2023-2023- yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi  Maktabgacha ta’lim agentligi Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni  muvofiqlashtirish bo‘limi  boshlig'i

2023-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi  Maktabgacha ta’lim agentligi direktorining davlat tili bo‘yicha maslahatchisi 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim agentligi Jamoatchilik kengashi a’zolari “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturiga asosan tashkil etilgan ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat bilan yaqindan tanishdilar.

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi Jamoatchilik kengashi a’zolari Mirobod tumanida joylashgan 482-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti misolida “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturiga asosan tashkil etilgan ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat bilan yaqindan tanishdilar.  Tadbir ishtirokchilari maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim va tarbiya uyg’unligi ta’minlanganligini guvohi boʻldilar. Tadbir davomida Kengash a’zolari guruhlarda tashkil etilgan “Assalomu alaykum” loyihasi doirasida “Salomlashish odobi”, “Mahorat darsi“ davomida “Zardoʻzlik va kulolchilikdan  ilk saboqlar”,  “Baxtli bolalik” milliy harakatli  oʻyinlar, “Vatanim bayrogʻini baland koʻtaraman” sport estafetasi,  “Kitob – mening eng yaqin doʻstim” kitoblar koʻrgazmasi hamda “Yashil kelajak” gʻoyasi asosida  “Mening birinchi niholim” loyihalari bilan tanishdilar.Ayniqsa, “Kasbim-faxrim” mavzusi doirasida tashkil etilgan “Nonvoy mehnati bilan  tanishish” amaliy faoliyati Kengash a’zolarida oʻzgacha taassurot qoldirdi. Jajji tarbiyalanuvchilarning oʻz qoʻllari bilan kulchalarni yasashi-yu, ular ishtirokida tandirda kulchalarni yopilishi amaliy faoliyat boʻlib koʻrinsada, aslida milliy an’analarimizga tayangan holda tarbiyalanuvchilarda non va uning qadri haqida tushunchalarni hosil qilish, eng asosiysi “non isi”ni his ettirish edi.  Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bunday faoliyatlarni tashkil etish orqali aqlli, odobli, mehnatsevar, bilimli, sog‘lom, e’tiqodli, dili pok, har tomonlama ma’naviy rivojlangan, vatanparvar, insonparvar, barkamol shaxsni tarbiyalashdir. Bolajonlar tomonidan Kengash a’zolariga ona Vatanni madh etuvchi she'r, kuy va qo'shiqlar taqdim etildi. Tashrif yakunida Kengash aʻzolari tomonidan kelajak avlod ta’lim-tarbiyasi yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi. Shuningdek, amaliy-metodik yordam koʻrsatishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. 

Вид сайта
Размер шрифта