Ma’naviyat – inson qalbining ko‘rki.

Bugun, 17-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining Toshkent viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda Qibray tumanidagi 6-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida «Maktabgacha ta’lim tizimida uzluksiz ma’naviy tarbiyani amalga oshirish» mavzusidagi viloyat seminari o‘tkazildi.

Unda Toshkent viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasining tegishli mutasaddilari, Qibray tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbarlari, ma’naviyat targ‘ibotchilari O‘zbekiston Xalq artisti Aziza Begmatova va «Muqumiy» nomidagi O‘zbek davlat musiqa va drama teatri aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Otaboyevlar ishtirok etdi
Jumladan, tuman va shahar Maktabgacha ta’lim bo‘limlari onlayn tarzda zoom orqali qatnashdilar. Seminarda boshqarmaning ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi bosh mutaxassisi S.Rahmonberdiyev so‘zga chiqib, ma’naviy tarbiyaning bola hayotidagi o‘rni xususida fikr bildirdi.
Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir”. Ma’lumot o‘rnida shuni aytish joizki, bugungi kunda viloyat miqyosidagi 22 ta tuman va shahar maktabgacha ta’lim bo‘limlaridan 22 ta ma’naviyat targ‘ibotchilari biriktirilgan bo‘lib, ular bilan hamkorlikda barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Toshkent viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi tasarrufida jami 1561 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lib, shundan 498 tasi davlat, 26 ta tashkilotga qarashli, 128 ta xususiy, 34 ta Davlat xususiy sherikchiligi asosidagi nodavlat va 875 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil qiladi. Bu esa, viloyatda mavjud 218 609 nafar 3-7 yoshli bolalardan yangi 24 637 quvvat yaratilish hisobiga 132 182 nafari qamrab olindi hamda, 60,5 foizga yetkazilishi ta’minlandi deganidir. Toshkent viloyatida jami mavjud bo‘lgan 1561 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida xuddi shuncha ya’ni, 1561 nafar ma’naviyat targ‘ibotchilari tarbiyalanuvchilarning ma’naviy ongi shakllanib borishi yo‘lida ma’naviyatni yuksalishida xizmat qiluvchi tadbirlarni tashkillashtirib kelmoqdalar.


6-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida «Maktabgacha ta’lim tizimida uzluksiz ma’naviy tarbiyani amalga oshirish» mavzusida bo‘lib o‘tgan viloyat seminari doirasida tashkilot tarbiyalanuvchilari ishtirokida erkin mavzulardagi rasm chizish mashg‘ulotlari ham o‘tkazildi. Mazkur rasm chizish mashg‘ulotlarida bolajonlar o‘zlarini qiziqtirgan jumladan, «Mening oilam», «Mening uyim», «O‘zbekiston ona diyorim» kabi mavzularda o‘z ijodlarini namoyon etdilar. O‘zbekiston Xalq artisti, ma’naviyat targ‘ibotchisi Aziza Begmatova ma’naviyatning teatr san’atida namoyon bo‘lishi to‘g‘risida aytib, o‘zining hayoti va ijodi yo‘lida uchragan ma’naviyatga aloqador voqealardan barchaga ulashdi. Shuningdek, «Muqumiy» nomidagi o‘zbek davlat musiqa va drama teatri aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Otaboyev so‘zga chiqib, ma’naviyatning asl mohiyatini o‘qituvchilarda ko‘rishligini, ularning kasbiy mashaqqatlari oldida ta’zim qilish lozimligini aytib o‘tdi. Jumladan u, 1920-yilda barpo etilgan 6-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining avvalgi xaroba holati bilan hozirgi kunga kelib barcha sharoitlarga ega bo‘lgan tashkilotga aylanganligi, yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlarga shukronalik hissi bilan yashashimiz kerakligi, bu esa ma’naviyati yuksak insonga xos bo‘lgan hislat ekanligi xususida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Manba: Toshkent viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati.