«Siyosiy ma’rifat soati»

Yurtimizda kechayotgan islohotlar jarayonining shiddatini ta’riflashga so’z ojiz.
O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligida muntazam o’tkazilayotgan «siyosiy ma’rifat soati» yurtimizda kechayotgan ijobiy o’zgarishlarning mohiyatini keng va batafsil tushuntirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ana shunday ma’rifiy o’quv soatlari vazirlik va vazirlik tassarufidagi idoralari xodimlari uchun mazmunli bo’lmoqda.
Maktabgacha ta’lim vazirligida har juma kuni vazirlik xodimlari ishtirokida Ma’naviyat soati bo’lib o’tadi. Unda xafta davomida hukumatimiz tomonidan qabul qilingan normativ-xuquqiy hujjatlar, mamlakatimizning siyosiy, ijtimoiy xayotidagi yangiliklar va axborotlar berib turiladi.
Navbatdagi «siyosiy ma’rifat soati»da o’zbek tilining hozirgi kundagi ahamiyati, mavqei to’g’risida Davlat tilida ish yuritish asoslarini o’qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov tomonidan dolzarb ma’lumotlar berib o’tildi.