MTTlari sonini oshirish va qamrovni kengaytirishga oid brifing boʻlib oʻtdi

2021-yilda maktabgacha taʼlim tashkilotlari sonini oshirish va qamrovni kengaytirish yoʻnalishidagi ishlar haqida brifing boʻlib oʻtdi.

Unda Maktabgacha  taʼlim vazirligi tomonidan 2021-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida MTTlarni loyiha- smeta va qurilish-montaj ishlari olib borilganligi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4936-son qaroriga muvofiq, 2021-yilda jami 38 205 quvvat (oʻrin)ga ega 222 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari obyektlarini (22 ta yangi quriladigan va 200 ta rekonstruksiya qilinadigan) qurish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish uchun jami 900,0 mlrd.soʻm mablagʻ ajratilishi rejalashtirilgan edi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
27-apreldagi 52-son Rayosati majlisi bayoniga muvofiq Boʻstonliq tumanidagi 14-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti dasturdan chiqarilgan. Shuningdek, Olmazor tumanidagi 4-son sobiq MTT hamda Mirobod tumanidagi sobiq arxitektura-qurilish kolleji negizidagi MTT tashkil etish obyektlariga Toshkent shahar hokimligi tomonidan yer maydoni ajratilmaganligi sababli Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 118-son Rayosati majlisi bayoniga muvofiq davlat dasturidan chiqarildi.

Tasdiqlangan manzilli dasturga muvofiq 222 ta obyektdan:

23 ta obyektlar yildan-yilga oʻtuvchi boʻldi;

199 ta esa toʻliq foydalanishga topshirildi.

2021-yil 30-dekabr holatiga koʻra Investitsiya dasturi doirasidagi maktabgacha taʼlim tashkiloti obyektlariga jami

743 mlrd. 783 mln soʻmlik qurilish-montaj ishlari bajarildi.

Jumladan, jami 199 ta obyektlarda qurilish-taʼmirlash ishlari yakunlanib, qoʻshimcha ravishda ularda 9440 oʻrin (quvvat) yaratildi.

Shundan Qoraqalpogʻiston Respublikasida 13 ta obyektlarda 43 mlrd. 267 mln.soʻm mablagʻ moliyalashtirilib, qurilish-taʼmirlash ishlari yakunlandi;

Andijon viloyatida 13 ta obyektda 46 mlrd. 783 mln.soʻm

Buxoro viloyatida 12 ta obyektda 41 mlrd. 719 mln.soʻm

Jizzax viloyatida 10 ta obyektda 35 mlrd.990 mln.soʻm   

Qashqadaryo viloyatida 16 ta obyektda 51 mlrd. 634 mln.soʻm

Navoiy viloyatida 10 ta obyektda 25 mlrd.197 mln.soʻm

Namangan viloyatida 12 ta obyektda 44 mlrd.146 mln.soʻm

Samarqand viloyatida 16 ta obyektda 57 mlrd. 800 mln.soʻm Surxondaryo viloyatida 15 ta obyektda 47 mlrd. 338  mln.soʻm

Sirdaryo viloyatida 13 ta obyektda 47 mlrd. 597 mln.soʻm

Toshkent viloyatida 30 ta obyektda 101 mlrd. 360 mln.soʻm

Fargʻona viloyatida 18 ta obyektda 71 mlrd. 433 mln.soʻm

Xorazm viloyatida 8 ta obyektda 31 mlrd. 745 mln.soʻm

Toshkent shahrida 13 ta obyektda 65 mlrd. 371 mln.soʻm mablagʻ moliyalashtirilib, qurilish-taʼmirlash ishlari yakunlandi.

2022-yil Investitsiya dasturi doirasida belgilangan limitlarni oʻzlashtirish imkoniyati mavjud boʻlmagan  23 ta MTT obyektlarini (Buxoro viloyatida-2 ta, Toshkent viloyatida-15 ta, Toshkent shahrida-6 ta) yildan-yilga oʻtuvchi obyekt sifatida 2022-yil Investitsiya dasturiga kiritish yuzasidan takliflar vakolatli organ Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga kiritildi.